
AQSh prezidenti Donald Tramp va to‘qqizta yirik dori ishlab chiqaruvchi kompaniya dori narxlarini pasaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi. Kelishuv davlat tomonidan yordam oladigan aholi va naqd pul bilan dori sotib oluvchilarga taalluqli.
Kelishuvga kirgan kompaniyalar Medicaid dasturi orqali sotiladigan ko‘plab dorilar narxini tushiradi. Ayrim dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlarga katta chegirma bilan sotiladi. Maqsad — AQShda dori narxlarini boshqa rivojlangan davlatlardagi darajaga yaqinlashtirish.
Rasmiylarga ko‘ra, ba’zi dorilar narxi hozirgiga nisbatan 70 foizgacha arzonlashadi. Buning evaziga kompaniyalar uch yil davomida qo‘shimcha boj va cheklovlardan ozod qilinadi. Yangi dorilar ham AQShda boshqa boy davlatlardagidan qimmatroq bo‘lmaydi.
Hukumat bu kelishuv dori xarajatlarini kamaytirishini kutmoqda. Kompaniyalar esa AQShda ishlab chiqarish va tadqiqotlarga katta mablag‘ kiritishini ma’lum qildi. Kelishuv dori narxlarini tushirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.