
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga o‘rmon fondi yerlari bo‘yicha ekilgan daraxtlar uchun subsidiya beriladi. Har 100 ta daraxt uchun ularga 1 BHM (412 ming so‘m) miqdorida mablag‘ to‘lanadi.
Oila yer maydonini tayyorlaydi, daraxtlar ekadi va butun mavsum davomida ularga qaraydi. Murabbiy mahalliy ekologiya bo‘limi bilan birgalikda daraxtlarni tekshiradi va foto hisobot tayyorlaydi.
Daraxtlar haqidagi ma’lumotlar «Ekofaol fuqaro» platformasidagi shaxsiy kabinetga kiritiladi va besh ish kun ichida tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, oilaga subsidiya miqdorining 50 foizi to‘lanadi va mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri bank kartasiga o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.