
O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolda bo‘lgani sababli sog‘liqni saqlash vazirligi vakili kuzatuvida yurtiga qaytarildi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Yekaterinburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi xodimlari barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, vatandoshning transportirovkasini tashkil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Yekaterinburg shahriga ish izlab kelgan, biroq turli sabablarga ko‘ra «og‘ir miya infarkti, bosh qobig‘i va asosining sinishi» tashxisi bilan reanimatsiyaga tushib qolgan.
1-noyabr kuni u tez yordam mashinasida Yekaterinburg xalqaro aeroportiga olib borilib, O‘zbekistonga yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar