
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi M-25 konida atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida gaz nazorat ostida yoqildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
2-noyabr kuni tabiiy geologik jarayonlar tufayli quduqdagi yonish vaqtincha to'xtatilgan edi. Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, gazni nazorat ostida yoqish jarayoni ekologik va sanoat xavfsizligining standart chorasi bo'lib, xalqaro talablarga javob beradi.
"Hozirgi paytda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida", — deyiladi vazirlik xabarida. Shuningdek, hodisa 3-noyabr kuni kechasi yuz bergan zilzila bilan bog'liq emasligi ham alohida ta'kidlangan.
Eslatib o'tamiz, vazirlik joriy yil bahorida M-25 qudug'ida gazni nazorat ostida yoqish bo'yicha ishlar amalga oshirilganini ma'lum qilgan edi. O'tgan yili ushbu hududda oltingugurt vodorodi chiqishi sodir bo'lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.