
O‘zbekiston fuqarolari davlat xizmatlari sifatini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, fuqarolar davlat xizmatidan foydalanib bo‘lgach, maxsus QR-kodni skanerlash orqali xizmatni birdan beshgacha bo‘lgan baho tizimida baholashlari va o‘z fikrlarini qoldirishlari mumkin. Baholashda xizmat sifati, o‘z vaqtida bajarilishi va uning qulayligi e’tiborga olinadi.
Agar fuqaro xizmatni uch yoki undan past ball bilan baholasa yoki salbiy fikr bildirsa, bu ma’lumot avtomatik ravishda tegishli tashkilotlar va Adliya vazirligiga yuboriladi. Ushbu tashkilotlar norozilik sabablarini tahlil qilib, xizmat sifatini yaxshilash choralarini ko‘rishi lozim.
Agar xizmat sifati yaxshilanmasa, Adliya vazirligi mas’ul xodimlarni davlat xizmatlarini ko‘rsatishdan chetlatish masalasini ko‘taradi. Baholash natijalari asosida davlat organlari va hududlarning reytingini shakllantiriladi.
Ushbu reyting har chorakda, yarim yillik va yillik natijalar bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.