date

David Silva Gvardiolaning talabchan xarakteri haqida ochiq gapirdi

David Silva Gvardiolaning talabchan xarakteri haqida ochiq gapirdi

“Manchester Siti” tarixida o‘chmas iz qoldirgan futbolchilardan biri — David Silva jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan birga ishlagan yillarini eslab, ispaniyalik mutaxassisning xarakteridagi eng murakkab jihatni ochiqcha tilga oldi.

Silvaning ta’kidlashicha, Gvardiola bilan ishlash oddiy murabbiy-futbolchi munosabatidan ancha yuqori darajada bo‘lgan. U har bir o‘yinni mayda detallarigacha rejalashtirar, raqib jamoaning nima qilmoqchi ekanini oldindan his qilar va jamoani shu asosida tayyorlardi. Shu bois, ko‘p hollarda uchrashuv taqdiri maydonga chiqishdan oldinoq hal bo‘lib qo‘ygandek tuyulardi.

— Gvardiola bilan ishlash mutlaqo boshqa dunyo. U raqibning har bir qadamini oldindan ko‘ra olardi. Hamma narsa aniq reja asosida qurilar, o‘yin davomida esa barcha jarayonlar biz istagan yo‘nalishda kechardi, — dedi Silva.

Biroq tajribali yarim himoyachi murabbiyning eng qiyin jihati sifatida uning o‘ta talabchan va qattiqqo‘l ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gvardiola futbolchilarga keng erkinlik bermaydi, har bir harakat, har bir qaror nazorat ostida bo‘ladi. Bu esa ba’zan o‘yinchilar uchun ruhiy jihatdan og‘ir kechishi mumkin.

Shunga qaramay, David Silva Gvardiolaning professional salohiyatini yuksak baholadi. Uning fikricha, qat’iy talablar va intizom aynan jamoani yuqori pog‘onalarga olib chiqqan asosiy omillardan biri bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, David Silva 2016–2020-yillar davomida Xosep Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan va jamoaning asosiy yetakchilaridan biri sifatida ko‘plab sovrinlar qo‘lga kiritishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shu bois uning Gvardiola haqidagi fikrlari muxlislar uchun alohida qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Silva Gvardiolaning talabchan xarakteri haqida ochiq gapirdi