date

Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar qayta yo‘lga qo‘yildi

Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar qayta yo‘lga qo‘yildi
21 dekabrdan Toshkent – Qozon yo‘nalishida poyezd qatnovi qayta tiklandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi. Dastlabki poyezd yakshanba kuni poytaxtning markaziy vokzalidan yo‘lga chiqdi.

315-raqamli poyezd har yakshanba kuni soat 23:55 da Toshkentdan jo‘nab, chorshanba kuni soat 13:47 da Qozonga yetib boradi. Aks yo‘nalishda esa 316-raqamli poyezd har payshanba kuni soat 10:33 da Qozondan jo‘nab, yakshanba kuni soat 04:32 da O‘zbekiston poytaxtiga qaytadi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temir yo‘l kassalarida va “O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy veb-saytida xarid qilishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Qozon o‘rtasida poyezdlar qayta yo‘lga qo‘yildi