Xitoy Rossiyadan rekord miqdorda oltin oldi

1 daqiqa o'qish496
Xitoy Rossiyadan rekord miqdorda oltin oldi

2025-yil davomida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi oltin savdosi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Financial Times manbalariga tayanadigan bo‘lsak, joriy yilning 11 oyi ichida Rossiya Xitoyga qariyb 1,6 milliard yevrolik oltin quymalari yetkazib bergan.

Ayniqsa, so‘nggi oylar keskin faollik bilan ajralib turdi. Noyabr oyida Rossiyadan Xitoyga 818,6 million yevro qiymatidagi oltin eksport qilingan bo‘lsa, oktyabr oyida bu ko‘rsatkich 792,2 million yevroni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2024-yilning kuz oylarida Xitoyga umuman oltin yetkazib berilmagan, o‘sha yildagi eng yuqori oylik ko‘rsatkich esa atigi 189,9 million yevro bilan cheklangan edi.

Bloomberg agentligi ham bu tendensiyani tasdiqlab, 2025-yilning dastlabki olti oyida Rossiyaning qimmatbaho metallari Xitoy bozoriga eksporti deyarli ikki barobar oshib, 1 milliard dollarga yaqinlashganini qayd etmoqda. Mutaxassislar buni jahon bozorida oltin narxining rekord darajaga chiqishi va Xitoy tomonidan barqaror talab saqlanib qolayotgani bilan izohlamoqda.

Shu bilan birga, Financial Times’ning yozishicha, Xitoyning haqiqiy oltin xaridlari rasmiy statistikadan 10 baravargacha yuqori bo‘lishi mumkin. Tahlilchilar Pekinning bunday faol siyosatini moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlash va dollar aktivlariga qaramlikni kamaytirish istagi bilan bog‘lamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?