date

Uzbekistan Airports qachon ESG reytingiga ega bo‘ldi?

Uzbekistan Airports qachon ESG reytingiga ega bo‘ldi?

Fitch Group’ning bo‘limi Sustainable Fitch Uzbekistan Airports kompaniyasiga ESG reytingini taqdim etdi, deb xabar bermoqda kompaniyaning matbuot xizmati. Kompaniya ESG reytingda «3» daraja va umumiy 48 ballni qo‘lga kiritdi.

Bu Uzbekistan Airports ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv sohalarida barqaror ko‘rsatkichlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Sustainable Fitch Uzbekistan Airportsning ekologik strategiyasini yuqori baholadi, jumladan, 2050 yilga borib chiqindilarni Net Zero darajasiga yetkazish rejalari, uglerod yukini kamaytirish va «yashil» energiya qo‘llash choralari e’tirof etildi.

Ijtimoiy sohada agentlik mehnat xavfsizligi tizimi va kadrlar barqarorligini ta’kidladi. Korporativ boshqaruvda esa direktorlar kengashi qo‘mitalari faoliyati, ichki audit va shaffoflik qamrab olindi.

Shuningdek, kompaniya 2026 yil boshida sakkizta aeroport uchun Airport Carbon Accreditation’ning birinchi darajasini va Toshkent aeroporti uchun ikkinchi darajasini olishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airports qachon ESG reytingiga ega bo‘ldi?