date

Tailand rossiyaliklar uchun vizasiz rejimni saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi

Tailand rossiyaliklar uchun vizasiz rejimni saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi

Tailand rossiyaliklar uchun mamlakatga kirish shartlarini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti va 2026-yilda ham 60 kunlik vizasiz rejimni saqlab qoladi. Bu haqda qirollikning Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur vazirlikning aniqlik kiritishicha, rossiyaliklar uchun amaldagi kirish qoidalari o‘z kuchida qoladi. Rossiya fuqarolari Tailandda vizasiz 60 kungacha bo‘lishlari va ushbu muddatni uzaytirish imkoniyatiga ega.

Tailandning Turizm va sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda mamlakatga Rossiyadan rekord darajadagi turistlar tashrif buyurgan — 1,8 milliondan ortiq kishi. Rossiya Tailandning eng yirik turistik bozorlaridan biri sifatida qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailand rossiyaliklar uchun vizasiz rejimni saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi