12:50 / 01.05.2020
2 490

Erkaklar huquqini kim himoya qiladi?

Erkaklar huquqini kim himoya qiladi?
Er-xotin janjallashishdi. Ular ajrashishdi. Qonun bo‘yicha voyaga yetmagan farzand onasi bilan qoladi. Ona-bola o‘zga uyda yashashga ketdi. Endi erkak qonun bo‘yicha voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘laydi...

Bugungi kunda ayollarimiz uchun, avvallari faqat kinolarda, televideniyeda ko‘rish mumkin bo‘lgan va orzu qilgan voqeliklari nihoyat bizga ham kirib keldi. Ya’ni, bugungi kunda ayollarimiz jamiyatning har bir jabhasida bemalol o‘zlarini ko‘rsatishga, kerak bo‘lsa, o‘sha qilgan mehnatlari evaziga rag‘batlantirilishiga, muhim lavozimlarga qo‘yilishiga ham guvoh bo‘lyapmiz.

Biz, ya’ni ayollar bunday imkoniyatlardan to‘laligicha foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Oramizdan ko‘pchilik bunga munosib ekanliklarini amalda isbot ham qilib kelishyapti. Ilmiy faoliyatni qaraysizmi, tadbirkorlik yo‘nalishi, siyosiy yo‘nalishmi, sport, madaniyat, qurilish injeneriyasi, avtoulov boshqarishmi, qo‘yinki, barcha turli yo‘nalishlarda ayollar bunday e’tiroflarga munosib ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qilishmoqda.

Bu biz ayollar uchun quvonarli hol, albatta. Biroq, ayni shu kunlarda “tanganing ikkinchi tomoni” o‘ylantiryapti odamni.

Biz, ya’ni ayollar har jabhada erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishga jon-jahdimiz bilan harakat qilib, hatto bunga qonunan erishdik ham, lekin erkaklarning huquqlari haqida, oiladagi va jamiyatdagi o‘rni haqida unutib qo‘ygandekmiz go‘yo. Hatto erkak qaysi amallari va qaysi fazilatlari bilan yaratilganligi haqida ham o‘ylashni esdan chiqardik.

Bu ketishda, har taraflama huquqlaridan ayrilayotgan erkaklarimiz bora-bora boshi berk ko‘chalarga kirib qolmasliklariga kim kafolat bera oladi?

— Tasavvur qiling, er xotiniga zarur uy yumushini buyurdi. Ayol charchagan, lekin bu ishni qilishga imkoniyati bor. Biroq charchaganligini pesh qilib, o‘sha ishni bajarmaydi. (ayol biladiki, mabodo eri unga qo‘l ko‘tarsa — qonun uni himoya qiladi) .

— Ayol eriga gap qaytardi va katta janjal ko‘tarildi. Erning shu darajada jahli chiqdi. Tushundiki, urmasdan ayolini janjaldan qaytarolmaydi. Biroq, xotiniga qo‘l ko‘tarmadi. Aniqrog‘i qo‘l ko‘tara olmadi. Chunki, biladiki, qonun ayoli tomonida. Lekin erning or nomusi tutib unga qarshi guvohlik berishi mumkin bo‘lgan o‘sha xotinini o‘ldirib qo‘ya qoldi...

— Er uylanib, hayotida eng yaqin do‘stlik bo‘ldim, deb hisoblagandi. Imkon qadar ayolini haqiqiy yelkadosh bo‘lishga undab charchadi. Ayol zotidan ko‘ngli qoldi. Jamiyatdagi o‘rnidan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Endi bir fikr qilib ko‘raylik-chi, bugungi kunda biz erkaklar bilan tenglasha olayotganligimiz qahramonlikmi? Yoki erkaklarimiz diniy va dunyoviy ilmlarga amal qilib ayollarga o‘z yonlaridan joy ajratib bera olayotganliklari qahramonlikmi?

Endi fikrim boshida keltirib o‘tgan voqea manzarasiga e’tiboringizni qaratmoqchiman:

“Bir” deganda ham farzandi, ham ayolidan ayrilgan erkak tarafidamisiz yoki o‘z manfaatinigina ko‘zlab erdan ajrashgan, bolasiga aliment to‘lattirayotgan ayol tarafidamisiz?

Aslida haq-huquq deganda nimani tushunamiz?
Biz erkaklarimizni o‘z missiyasidan ayirib qo‘ymayapmizmi?..

Gulniso SAIDOVA,
“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi
Markaziy apparati sektor mudiri

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkaklar huquqini kim himoya qiladi?