date

Ozarbayjon Markaziy Osiyo formati ishtirokchisiga aylandi


Ozarbayjon Markaziy Osiyo yetakchilari maslahatlashuv formati to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yettinchi Maslahatlashuv uchrashuvida Ozarbayjonning ushbu formatga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi haqidagi qarorni ma’qullashdi.

Uchrashuv yakunida yetakchilar Qo‘shma bayonotni imzolab, bir qator muhim hujjatlarni tasdiqlashdi. Xususan, ular Qirg‘izistonning 2027–2028 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi bo‘lish nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.

Shuningdek, davlatlar 2026–2028 yillar davrida mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasini, asosiy xavf-xatarlar katalogini hamda ularning oldini olish choralari bo‘yicha hujjatlarni kelishib olishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ozarbayjon Markaziy Osiyo formati ishtirokchisiga aylandi