
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy xabar berdi. 7-noyabr kuni, taxminan soat 17:20 da, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘lining 1257-kilometrida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
"Nexia-2" va "Cobalt" avtomobillari to‘qnashishi natijasida har ikki transport vositasi jiddiy texnik zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida avtomobillardan birining yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi.
Yana ikki fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Transport vositalaridan foydalanish yoki xavfsizlik qoidalarini buzish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryoda mudhish YTH yuz berdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar