date

Toshkentda 14-17-noyabr kunlari yo'llar yopiladi


Toshkent shahrida 14-17-noyabr kunlari yirik xalqaro tadbirlar o'tkazilishi munosabati bilan transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

15-noyabr kuni Abdullo Qodiriy ko'chasining Ganga ko'prigi qismida hamda Qarasaroy ko'chasida qisman yo'l yopiladi. Ertasiga, 16-noyabr kuni, Islom Karimov ko'chasining Furqat ko'chasi bilan kesishgan qismida transport harakati cheklanadi.

14-17-noyabr kunlari shaharga viloyatlardan yuk transporti kirishiga ruxsat berilmaydi, shuningdek, markaziy hududda ularning harakati to'liq to'xtatiladi. Haydovchilar uchun alternativ yo'nalishlar taqdim etilgan bo'lib, Farg'ona vodiysidan keluvchi tranzit transport D-012 avtomagistraliga yo'naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 14-17-noyabr kunlari yo'llar yopiladi