date

Finlyandiya rahbari Rossiyaning yirik diplomatik xatosini ochiq tilga oldi

Finlyandiya rahbari Rossiyaning yirik diplomatik xatosini ochiq tilga oldi

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Rossiyaning Vengriyada AQSH bilan rejalashtirilgan sammitga oid xatti-harakatlarini «katta strategik yanglishish» deb atadi. U Associated Press agentligiga bergan intervyusida bu voqea ortida turgan siyosiy manzara va diplomatik muammolar haqida batafsil fikr bildirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, vaziyatni keskin o‘zgartirgan asosiy omil – AQSH davlat kotibi Marko Rubio hamda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi telefon orqali muloqot bo‘lgan. Stubbning aytishicha, ushbu suhbatdan so‘ng Vashington rasmiylari «Maskva hech qanday yon boshlash niyatida emasligini» va bu sharoitda prezident Donald Trampning kelishuvga erishishi mumkin emasligini anglab yetgan.

Finlyandiya rahbari bu holatni Rossiya uchun qo‘ldan chiqarilgan katta imkoniyat sifatida baholadi:

«Ruslar uchun vaziyatni yumshatish imkoniyati bor edi, ammo ular bu imkoniyatdan foydalana olishmadi. Bu – ularning navbatdagi strategik xatosi», dedi Stubb.

Bu orada Kremlda ham ushbu muammo muhokamada. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tarqalgan taxminlarga izoh berib, Lavrovning «yo‘qolgani» yoki sammit atrofidagi shov-shuvlar haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Vashington Ankorijda avgust oyida o‘tgan uchrashuvda kelishilgan pozitsiyalariga sodiq qolishni davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, yangi muzokaralar bo‘yicha jarayon «hozircha to‘xtatilgan yoki noma’lum muddatga surilgan». Bu esa, siyosiy tahlilchilar fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yana bir necha hafta, balki oylar davomida murakkab holatda qolishi mumkinligidan darak bermoqda.

Jarayonlar qanday yo‘nalishda rivojlanishi hozircha aniq emas, ammo Finlyandiya rahbarining keskin bayonotlari diplomatik makonda yangi tortishuvlarga sabab bo‘lishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiya rahbari Rossiyaning yirik diplomatik xatosini ochiq tilga oldi