date

Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar fosh etildi

Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar fosh etildi

Surxondaryo viloyatida 38,5 milliard so‘mlik tender jarayonida qonunbuzilishlar aniqlanib, xarid bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tender “Surxondaryo Qurilish Invest” tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, tekshiruv davomida jarayonda jiddiy qonunbuzilishlar aniqlangan.

Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lishicha, tenderda qatnashgan “F.” MCHJ soliqdan qarzdor degan soxta ma’lumot asosida asossiz tarzda chetlatilgan. Shu paytda esa qolgan ikki MCHJ g‘olib va zaxira g‘olib sifatida tan olingan.

Agentlik ushbu holatni raqobatga zid harakat, tender natijalarini esa adolatli tanlov tamoyiliga zid deb baholagan.

Natijada, xarid rasman bekor qilindi, barcha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tenderlarda shaffoflik, raqobat va qonuniylik tamoyillarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar fosh etildi