19 yoshli qiz yigitning tilini tishlab, uzib oldi

1 daqiqa o'qish1.4K
19 yoshli qiz yigitning tilini tishlab, uzib oldi

Qirg‘izistonning Manas tumanida 8 noyabr kuni kutilmagan va daxshatli voqea sodir bo‘ldi. 19 yoshli qiz o‘pishuv paytida o‘zidan 7 yosh katta sevgilisining tilini tishlab, uzib olgan.

Jalolobod viloyati klinik shifoxonasi direktori Qumar Botokarayevning ma’lum qilishicha, yigit og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan.

“Bemorning til uchi va pastki lab qismi tishlangan holda keltirildi. Darhol jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va jarohatli joylar tiklandi. Hozir u jag‘-yuz jarrohligi bo‘limida davolanmoqda. Tilni tiklash mumkin bo‘ladi. Amaliyotimda o‘pishish vaqtida bunday holat ilk bor kuzatilyapti”, — degan shifokor.

Ichki ishlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchi 26 yoshda, qiz esa 19 yoshda bo‘lgan. Ular hodisadan avval do‘stlarining to‘yida bo‘lishgan va spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, qiz o‘pishuv paytida yigitni qattiq tishlab, uning tili va labiga shikast yetkazgan. Har ikkisi ham sog‘lom, ruhiy kasallik belgilari aniqlanmagan.

Manas tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov boshlagan va sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergov harakatlari hozirda davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?