1 543
Toshkentda 415 mln so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Toshkentda bojxonachilar 415 million so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbir davomida xorijiy davlat fuqarolari B.O. va M.V. tomonidan ijaraga olingan uylar o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida mazkur xonadonlarda umumiy qiymati 415,5 million so‘mlik 4155 dona California brendi ostidagi sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari saqlanayotganligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi