
Fransiya terma jamoasi va “Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Gael Klishi “shaharliklar”ning hozirgi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2016 yili jamoani qabul qilib olganidagi holatni esga oldi.
- Gvardiola dastlabki mashg‘ulotlarning birida bizga: “Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz. Mening qo‘l ostimda birortangiz o‘ynamaysiz. Bunga ko‘niking. Agar bu kimnidir qoniqtirmasa, ketish masalasida gaplashish uchun eshigimni taqillatib keling. Qolsangiz, qishki transferlar vaqtiga hech narsa eshitishni istamayman”, degan edi, - deb eslaydi Gael Klishi.
Ispaniyalik mutaxassis sekin-asta “Manchester Siti”ni top-darajaga olib chiqdi.
O‘tgan mavsum “shaharliklar” Gvardiola boshchiligida Angliya chempionligi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk bor trebl qayd etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar