
25 apreldan 8 maygacha davom etgan qit’a boks bo‘yicha birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.
Bugun final doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz ringga ko‘tarildilar. Yarim finaldan so‘ng 10 nafar vakillarimiz so‘ngi bosqichga yetib kelishgandi. Janglardan so‘ng esa, terma jamoamiz 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallariga ega chiqdilar. Umumjamoa hisobida medal jamg‘arishda mezbon Qozog‘iston jamoasi birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda esa Hindiston. Jamoamiz uchinchi o‘rindan joy olgan.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
Erkaklar:
-63,5 kg: Abdulloh Ma’daminov
+92 Jahongir Zokirov
Ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
Kumush medal:
Erkaklar:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-86 kg: Samandar Jalolov
Ayollar:
-66 kg: Aysanem Saruarova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Bronza medal:
Erkaklar:
-54 kg: Hujanazar Nortojiyev
-60 kg: Sayat Ilyasov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-92 kg: Diyorbek Uralov
Ayollar:
-57 kg: Humorabonu Mamajonova
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-70 kg: Hadichabonu Abdullayeva
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar