21:55 / 07.05.2024
251

Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi

Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi
Foto: Google Images
Mashhur yozuvchi Stiven King Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “o‘zaro kelishmovchiliklarni hal qilishlari” kerakligini aytdi.

Qo‘rqinchli hikoyalar qiroli X ijtimoiy tarmog‘idagi postida mamlakatlar rahbarlari “odamlarni o‘ldirishni to‘xtatishlari” kerakligini ta’kidladi. Buning o‘rniga u Putin va Zelenskiyga bir-biri bilan mushtlashishni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, King Ukraina prezidenti qo‘l jangida g‘alaba qozonishiga ishonishini va bu manzarani ko‘rishni xohlashini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, yozuvchining aytishicha, bu jangni tomosha qilishni pullik qilib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Menimcha, Putin va Zelenskiy odamlarni o‘ldirishni to‘xtatib, o‘zaro kelishmovchiliklarni “mano a mano” ko‘rinishida hal qilishlari kerak. Mazkur tomoshani pullik qilib qo‘ysa ham bo‘ladi. Men janob Z Putinni yer tishlatishini ko‘rishni xohlayman”, — deb yozdi u.

“Mano a mano” iborasi ikki kishi o‘rtasidagi ziddiyatni tasvirlab, ispan tilidan “qo‘lga qo‘l” deb tarjima qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi