22:44 / 06.05.2024
385

Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”

Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Foto: foreignpolicy.com
Ukraina o‘z suverenitetini saqlab qolish uchun hududlarining bir qismidan voz kechishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Latviya havo kuchlari qo‘mondoni Veturs Masulis ma’lum qilgan, deb ma’lumot berdi “TASS”.

Xabarga ko‘ra, Latviya rasmiysi urushni tugatish uchun kafolatlardan biri Ukrainaning bosib olingan hududlaridan voz kechish ekanligini aytgan. Ushbu yo‘l bilan Kiyevning suvereniteti ham saqlab qolinishi mumkinligi aytilgan.

Ukrainadagi urush prognozlari haqida fikr bildirgan Masulis 1939–1940 yillardagi Sovet-Fin urushi natijalariga ishora qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda Finlyandiya hududining bir qismini yo‘qotgan, ammo buning evaziga mustaqilligini saqlab qolgan.

Ehtimol, Ukrainada ham shunga o‘xshash narsa sodir bo‘ladi”, — degan Veturs Masulis.

Masulis, shuningdek, Ukrainaning sharqiy hududlaridan voz kechishi uni NATOga yaqinlashtirishi mumkinligini ham ta’kidlagan. Nizoli chegara hududi qolmagach, Kiyevning NATOga olinishini cheklaydigan istisno qolmasligi aytilgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 5 may kuni G‘arb davlatlari rahbariyatiga murojaat qilib, Ukraina uchun jang maydonidagi vaziyat yomonlashganini tan olishlari kerakligini aytgan edi. U, shuningdek, mojaroda yevropaliklar Rossiyaga yutqazmaslik haqida o‘ylashlari lozimligini bildirgan. Rossiya vakili Moskvani chalg‘itish va yengishga qaratilgan har qanday urinish muvaffaqiyatsizlikka uchrashini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”