08:10 / 07.05.2024
256

Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi

Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Foto: Czarek Sokolowski/AP/dpa/picture alliance
Butun dunyodan minglab yahudiylar 6 may, dushanba kuni Polshadagi Osvensim yodgorlik majmuasida Xolokost qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida «Tiriklar marshi» mitingini o‘tkazdi. Osvensim yoki Aushvis milliy sotsializm davridagi eng katta qirg‘in konslageri edi.

Tashkilotchilar so‘zlariga ko‘ra, aksiyaning yosh ishtirokchilari o‘sha dahshatli voqealardan omon qolgan 50 nafar kishi bilan birga Aushvis I lageridan Aushvis-Birkenau lagerigacha bo‘lgan 3,2 kilometrlik yo‘l bo‘ylab yurib borgan.

«Mehnat sizni ozod qiladi» degan kinoyali yozuvi osib qo‘yilgan Osvensim darvozasi orqali o‘tgan yurish boshlanishi uchun signal yahudiylarning cholg‘u asbobi bo‘lgan shofar ovozi bilan berildi. Dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir ishtirokchilari orasida 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tashkiloti tomonidan Isroilga uyushtirilgan keng ko‘lamli hujumdan omon qolganlar ham bor.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi yurish milliy sotsialistlar bundan 80 yil avval muntazam ravishda yo‘q qila boshlagan Vengriyadan kelgan yahudiylarga bag‘ishlandi. Osvensim yodgorlik maydoni ma’lumotiga ko‘ra, 1944 yil aprel oyining oxiridan avgustigacha Vengriyadan 430 ming yahudiy bu konslagerga majburan olib kelingan. Ularning 75 foizdan ortig‘i u yerda o‘ldirilgan.

Xolokost paytida milliy sotsialistlar Yevropada olti millionga yaqin yahudiyni o‘ldirishdi. Osvensim konslagerida milliondan ortiq odam, asosan yahudiylar qirib tashlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi