12:16 / 07.05.2024
582

Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi

Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi
Mixail Mishustin.
Foto: RBK

Mixail Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumati bugun, 7 may kuni Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng iste’foga chiqadi. Prezident rasman vazifasini bajarishga kirishishi bilan, Vazirlar mahkamasi vakolatlarini topshiradi.

Yangi hukumat 2020 yilda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida shakllantiriladi. Yangi qoidalarga muvofiq, prezident bosh vazirni uning nomzodi Davlat dumasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayinlaydi. Agar taklif etilgan nomzod duma tomonidan uch marta qaytarilsa, prezident qonun chiqaruvchi organni tarqatib yuborib, yangi saylovlar o‘tkazilishini belgilaydi, bosh vazirni esa o‘zi tayinlaydi.

Xabar berilishicha, Vladimir Putin inauguratsiya arafasida Vazirlar mahkamasi bilan yakuniy uchrashuv o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi