06:58 / 07.05.2024
175

G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi

G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Foto:Reuters
HAMAS 6 may kuni o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga rozi bo‘lishi ortidan G‘azo aholisi ko‘chalarda bayram uyushtirishni boshladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, hozirda Rafahda minglab falastinliklar ko‘chalarga to‘planishgan. Ular HAMAS bilan birdam ekanliklarini bildirishgan.

Al Jazeera nashrining siyosiy tahlilchisi Marvan Bisharaning aytishicha, HAMASning so‘nggi bayonoti yetti oylik urushda yangi sahifani ochdi. Ushbu qaror Isroil uchun kutilmagan vaziyatda e’lon qilingani aytilgan.

Foto:Reuters
HAMAS tomonidan vositachilarning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga ijobiy munosabat bildirilishi barchani hayratda qoldirdi. Ayniqsa, AQSH va Isroil buni umuman kutmagan edi”, — degan Marvan Bishara.

Manbaga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish taklifi va unga to‘liq erishish 3 bosqichni qamrab oladi. Bu uch bosqich Misr va Qatar rasmiylari HAMASga taklif qilgan va Isroil talablariga ham mos keladigan tarzda amalga oshiriladi.

Foto: Reuters
Isroil G‘azoning shimoli va janubini ajratib turadigan Netzarim koridorini tark etishi orqali birinchi bosqich sulh muzokaralari boshlanishi aytilgan. Ikkinchi bosqich harbiy va dushmanlik operatsiyalarini butunlay to‘xtatishni va Isroil kuchlarini G‘azodan to‘liq olib chiqib ketishni nazarda tutadi. Uchinchi bosqichda G‘azo blokadasining tugatilishi rejasi ilgari suriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi