22:53 / 19.02.2021
1 221

Koronavirusni boshqa kasalliklar bilan adashtirib yubormaslik qay darajada muhim?

Koronavirusni boshqa kasalliklar bilan adashtirib yubormaslik qay darajada muhim?
theskaman306 / Shutterstock
Hozir yo‘tal, nafas siqishi va holsizlikni shifokorlar va oddiy odamlar koronavirus infeksiyasi bilan bog‘lashmoqda. Ammo bunday simptomlar boshqa kasalliklar, jumladan, o‘pka saratonida ham kuzatilishi mumkin. Adashish davolanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadimi? Pandemiya sharoitida xalqaro tashkilotlar tashxis qo‘yish bo‘yicha qanday tavsiyalar berishmoqda?

O‘pka saratoni va koronavirus infeksiyasi simptomlari judayam o‘xshashmi?
Bu ikki kasallikning o‘xshash simptomlari bor – yo‘tal, nafas siqishi va holsizlik. Lekin koronavirusda simptomlar tez o‘tib ketadi, o‘pka saratonida esa uzoq vaqt davom etadi. Aytaylik, holsizlik bir oydan oshiqroq davom etishi mumkin.

Bunday holatlarni ajratib olish uchun mutaxassislar muayyan kasallikka oid bo‘lgan boshqa «qizil bayroqlar»dan foydalanishadi. O‘pka saratoni uchun bu qontalash yo‘tal, ko‘krakda og‘riq, ozib ketish yoki ishtaha yo‘qolishi. Covid-19 uchun esa isitma, mushaklarda og‘riq, hid va ta’m bilish hissi yo‘qolishi. Undan tashqari, boshqa omillarga ham e’tibor qaratiladi – yosh, chekish davomiyligi va ohakning tanaga ta’siri yoki koronavirusga chalingan odam bilan yaqin kontaktda bo‘lish.

Agar barcha simptomlar koronavirusni ko‘rsatsa, bemorni bu kasallik uchun berilgan so‘nggi tavsiyalarga binoan davolashadi. O‘pka saratoni bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lganda, avvalo PZR-test olinadi. Javob salbiy bo‘lsa, bemor qo‘shimcha tekshiruvlarga (kompyuter tomografiyasi va o‘pka rentgeni) va onkologlarga yo‘llanadi. PZR-testning javobi musbat bo‘lsa, avvalo koronavirusdan davolashadi, keyin o‘pka saratonining ehtimoliy tashxisi qo‘yilishi muhokama qilinadi.

Ba’zan bemorda hech qanday «qizil bayroqlar» bo‘lmaydi, simptomlar esa, koronavirusning ham, o‘pka saratoni ehtimolini ham ko‘rsataveradi. Test javobi musbat bo‘lsa, koronavirusga qarshi davolashadi. Javob manfiy bo‘lsa, bemordan 14 kun mobaynida o‘zini yakkalashni so‘rashadi, keyin simptomlarni tahlil qilishadi. Agar alomatlar yo‘qolmasa, o‘pka saratoniga shubha qilinadi va qo‘shimcha tekshiruvlar belgilanadi.

Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak: o‘pka saratoni odatda simptomlarsiz kechadi, shuning uchun riskka moyil qatlam skriningdan o‘tib turishi kerak. Skrining – ko‘krak qafasini past dozali kompyuter tomografiyasidan o‘tkazish. Skrining tufayli kasallikni ertaroq aniqlab, davolanishni vaqtliroq boshlash mumkin. Skriningdan 55 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan chekuvchilar yoki 15 yil mobaynida chekib, keyin chekishni tashlaganlar o‘tishlari maqsadga muvofiq. O‘pka saratoni bilan hech qachon chekmagan (masalan, passiv chekuvchi) odamlar ham kasallanishi mumkin. Lekin bu ancha kam uchraydi va skriningga hojat yo‘q.

Koronavirusga gumon tug‘ilganda darhol kompyuter tomografiyasiga tushish kerakmi?

l i g h t p o e t / Shutterstock
«Mutlaqo yo‘q! KT virusli pnevmoniyaning zarra qadar belgilarini aniqlash imkonini beradi. Lekin koronavirus pnevmoniyasi boshqa virusli pnevmoniyadan rentgen orqali farqlanmaydi. Buni yaxshilab tushunib olish kerak. Agar klinik tasvir tinch bo‘lsa (og‘ir zotiljam va nafas yo‘llari yetishmovchiligi bo‘lmasa), shifokor uchun o‘pkaning qancha qismi shikastlanganining mutlaqo farqi yo‘q – 3 foizmi, 15 foizmi yoki 27 foiz. Aynan shuning uchun ham ko‘krak qafasi a’zolarini faqat bu zotiljam degan asosli gumonlar bor bo‘lgandagina kompyuter tomografiyasidan o‘tkazish maqsadga muvofiq», deydi Sergey Berezin nomidagi tibbiyot institutining tibbiyot qismi bosh shifokor o‘rinbosari va pandemiya davrida vaqtincha ambulator kompyuter tomografiyasi markazlari rahbari Mixail Cherkashin.

Bunday qaror ko‘plab xalqaro tashkilotlarda ham qabul qilingan. Masalan, Amerika radiologiya kollegiyasi ko‘krak qafasini koronavirus diagnostikasi uchun kompyuter tomografiyasiga tushirmaslikni tavsiya qiladi. Bu faqat kasalxonaga yotqizilgan bemorlar uchun faqat davolash uchun zarur bo‘lgandagina qilish tavsiya qilinadi.

Koronavirusni yana qanday kasalliklar bilan adashtirish mumkin?
«Afsuski, oxirgi to‘qqiz oyda nafas yo‘llari va isitma bilan bog‘liq har qanday kasallik shifokorlar tomonidan koronavirus infeksiyasi deb baholanmoqda. Binobarin, amaliyotda biz koronavirusga chalingan deb o‘ylagan, aslida pnevotoraks, faol sil va surunkali yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar uchramoqda.

Bunday hollarda tibbiyot vizualizatsiyasi usullari tezkor tashxis qo‘yish va bemorni zarur mutaxassisga yo‘naltirish imkonini bermoqda. Tajribali rentgenolog interstitsial zotiljamda yanglishishi qiyin. Albatta, xatolar ham bo‘lib turadi. Bemorlar oqimi hozir juda ulkan bo‘lgani bois, xato qilmaslikning iloji ham yo‘q. Biz orqali sutkasiga 500 kishi tekshiruvdan o‘tadi va bu bir necha oydan beri davom etib kelmoqda
», deydi Cherkashin.

Uning tushuntirishicha, bundan tashqari murakkab vaziyatlar ham uchrab turadi. Aytaylik, bemorda o‘pka saratoni ham, koronavirus ham bor. Yoxud bemorda koronavirus pnevmoniyasining og‘ir shaklidan rentgen orqali ham mutlaqo farqlab bo‘lmaydigan pnevmotsist pnevmoniya yoki asprigillez bo‘ladi.

«Taassufki, tibbiyot ehtimollar, tajribalar va bizning (butun insoniyatniki nazarda tutilyapti) arzimas bilimimiz qotishmasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bizda insondan foydalanish bo‘yicha zavodda tayyorlangan qo‘llanmalar, ehtimoliy muammolar va ularning yechimlari, butlovchi qism va detallar katalogi ham yo‘q», deya fikrini tugallagan Cherkashin.

Pandemiya davrida o‘pka saratonini koronavirus bilan adashtirib, noto‘g‘ri tashxis qo‘yish ehtimoli oshib ketdi. Shuning uchun simptomlarni yaxshilab kuzatish zarur, toki, xavf tug‘dirish ehtimoli bor bo‘lsa, shifokorga vaqtida murojaat qilinsin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusni boshqa kasalliklar bilan adashtirib yubormaslik qay darajada muhim?