date

Merdan Matveliyev dasturda to‘y savoliga javob berdi

Merdan Matveliyev dasturda to‘y savoliga javob berdi

Aktyor Merdan Matveliyev “Yangi tong” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib ishtirok etdi. Suhbat davomida boshlovchilar uning shaxsiy hayoti, xususan, oilaviy rejalari haqida savollar berishdi.

Dastur boshlovchilari aktyorga “Qachon uylanasiz? To‘y qachon bo‘ladi?” degan savollar bilan murojaat qilishdi. Merdan esa bu savollarga samimiy javob qaytarib, “Xudo xohlasa, bu yil to‘y bo‘ladi,” deya aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng u hayotda hamma narsaning o‘z vaqti borligini ta’kidlab, shoshilish kerak emasligini ham qo‘shimcha qildi. “Hamma narsaning o‘z vaqti bor, hech narsaga shoshilish kerak emas. Shoshilib qayerga ham boramiz,” — dedi aktyor.

Ko‘rsatuv jarayonida boshlovchilar hazil ohangida “Hali ham uylanmadingizmi? Biz siz uylanib bo‘ldingiz degan gaplarni ham eshitdik,” deb kulgi bilan savol berishdi. Bu vaziyat studiyada samimiy va ko‘tarinki kayfiyatni yuzaga keltirdi.

Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga sabab bo‘lib, muxlislar aktyorning javoblariga turlicha fikr bildirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Merdan Matveliyev dasturda to‘y savoliga javob berdi