Kung-fu bu — shunchaki jang san’ati emas, balki kurash, intizom va o‘z-o‘zini takomillashtirish ruhi bilan sug‘orilgan butun bir falsafadir. Kinoda kung-fu butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlarni ilhomlantirib, kuch va nafosat ramziga aylandi.
“Uzlatdagi ajdarho”, 2000
Bu film kino san’atida katta yutuq bo‘ldi. U o‘zida bir-biriga bog‘lanmaydigan narsalarni birlashtiradi: sevgi hikoyasi va Bekdel testidan muvaffaqiyatli o‘tish (filmda ayollar nafaqat erkin muloqot qilishadi, balki eng tezkor jangovar usullarni ham namoyish etishadi).
“Kung-fu uslubida mushtlashuv”, 2004
Agar “Uzlatdagi ajdarho”ni vazmin va mulohazali “in” bilan taqqoslash mumkin bo‘lsa, “Kung-fu uslubida mushtlashuv” uning anarxik “yan”idir. Bu film o‘zining shafqatsiz, murakkab va ta’sirchan dekoratsiyasi bilan janrga qarshi chiqadi. U tarixni hikoya qiladi... garchi ko‘pincha buning ahamiyati bo‘lmasa ham, chunki tomoshabin bir g‘alati sahnadan ikkinchisiga animatsion kurash shovqinida o‘tadi.
“Ip Man”, 2008
Bu film ham kung-fu haqida bo‘lib, Bryus Li hayotidan ilhomlangan Ip Man haqidagi hikoya. Filmni ijtimoiy realizm asarlari bilan taqqoslash mumkin. Unda Man oilasining 1937 yilda Yaponiyaning Xitoyga qilgan bosqiniga qarshi kurashi tasvirlangan.
Ip Man (Donni Yen tomonidan o‘ynalgan) — kamtar inson bo‘lib, ko‘mir konida ishlashga majbur bo‘ladi. U do‘stining o‘limini tekshirish va och qolgan oilasi uchun guruch yutib olish maqsadida jang san’ati turnirida qatnashadi.
“Politsiya hikoyasi”, 1985
Kung-fu haqidagi filmlar ro‘yxatida buyuk aktyor va rejissyor Jeki Chan suratga olgan “Politsiya hikoyasi” ham albatta o‘rin oladi. Chan bu filmni o‘zining eng yaxshi asari deb hisoblaydi. “Politsiya hikoyasi” tufayli Jeki Chan birinchi marta Gonkongdan tashqarida ham tan olingan.
Bu filmda politsiyachining narkobaronga qarshi kurashi haqida hikoya qilinadi. Jeki Chan jinoyatchining unga qarshi guvohlik berishga va’da bergan qizni himoya qilishga harakat qiladi. Ammo film faqat syujeti bilan emas, balki ajoyib tryuklari bilan ham e’tiborni tortadi.
“Billni o‘ldirish”, 2003
Tarantinoning to‘rtinchi to‘liq metrajli filmini kung-fu janrining blenderda maydalangan shakliga o‘xshatish mumkin. Rejissyor uni “sharqona” film deb ataydi. Tarantinoga xos bo‘lganidek, u ushbu filmni bu janrdagi boshqa filmlardan olingan madaniy havolalar bilan to‘ldirgan.
Uma Turmanning Bryus Li kostyumiga hurmat sifatida tanlangan kiyimi, anime ketma-ketligi va yaponiyalik The 5,6,7,8s guruhining kameosi — bularning barchasi filmning o‘ziga xos elementlaridan. Yapon guruhining “Woo Hoo” qo‘shig‘i Kelin (Uma Turman) va O-Ren Ishii (Lusi Lyu) o‘rtasidagi final jangida fon musiqasi sifatida yangraydi, jang esa qonli sahnalar bilan to‘lib-toshgan.
“Yollanma qotil”, 1989
Chjou Yun-Fat qo‘shiqchining ko‘z nurini saqlab qolish uchun so‘nggi marta qotillik qilishga majbur bo‘lgan yollanma qotil rolini o‘ynaydi. Bu qiziqarli film restoran ichidagi otishmada qo‘shiqchini deyarli ko‘r qilgan qotilning hikoyasini aks ettiradi. Ushbu film tezkor sahnalar, umidsiz romantikani o‘zida mujassam etgan va ko‘pchilik tomonidan eng buyuk jangari film sifatida e’tirof etiladi.
Filmda mukammal ishlangan obrazlar aks etgan bo‘lib, unda hamma narsa o‘z joyida va ortiqcha narsalar yo‘q. Har bir kadr tomoshabin diqqatini o‘ziga tortadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?