date

Fabio Kannavaro: terma jamoa orzusi sari dadil qadamda...

Fabio Kannavaro: terma jamoa orzusi sari dadil qadamda...

O‘FA matbuot xizmati milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning noyabr oyida o‘tgan yig‘in va xalqaro musobaqa yakunlari yuzasidan bildirgan fikrlarini e’lon qildi. Italiyalik mutaxassisning fikrlaridan jamoa ichidagi ishonch, g‘ayrat va kelajakka qaratilgan aniq maqsadlar yaqqol sezilib turibdi.

Kannavaroning ta’kidlashicha, asosiy maqsad - 2026 yilgi jahon chempionatiga nafaqat raqobatbardosh, balki har tomonlama tayyor, o‘z kuchiga ishongan va jahon futbolidagi vaziyatdan xabardor tarkib bilan chiqishdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, BAAda o‘tkazilgan "Al Ain Cup" musobaqasidagi g‘alaba jamoa uchun katta ruhiy dalda bo‘ldi. Zero, FIFA reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turgan Misr va Eron kabi jamoalar ustidan qayd etilgan ishonchli natijalar - kelajakka bog‘lab bo‘lmaydigan muhim o‘rgatuvchi tajribadir.

Bosh murabbiy bu g‘alabalarni yo‘lning oxiri emas, balki katta safarning boshlanishi sifatida baholadi. Uning fikricha, barqaror va tizimli shakllanadigan jamoa uchun har bir yig‘in, har bir o‘yin va har bir mashg‘ulotda maksimal g‘ayrat talab etiladi. Kannavaro jamoa oldida turgan vazifalarni "bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan uzoq yo‘l" deb ta’rifladi va barcha futbolchilarni fidoyilik, intizom va o‘z ustida ishlashni to‘xtatmaslikka chaqirdi.

Murabbiyning aytishicha, milliy jamoa bir tan-u bir jon bo‘lgan tuzilma bo‘lib, undagi har bir a’zo nafaqat o‘zi, balki butun mamlakat nomidan harakat qiladi. Shundan kelib chiqib, Kannavaro O‘zbekiston xalqini jamoa bilan birgalikda ulkan maqsadlarni orzu qilishga chaqirdi: "Biz - bir jamoamiz. O‘zbekiston xalqi. Keling, orzularimiz yo‘lida birgalikda qadam tashlaylik."

Yig‘in yakunlari yana bir bor milliy jamoa to‘g‘ri yo‘lda ekanini ko‘rsatdi. Oldinda esa jiddiy va qiyin sinovlar bor, ammo bosh murabbiy va futbolchilarning kayfiyati - to‘liq ishonch va tayanchga ega jamoani ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fabio Kannavaro: terma jamoa orzusi sari dadil qadamda...