
Aktrisa Feruza Yusupova nikoh to‘yining bir yilligi — 11 noyabr sanasini eslab, o‘zining Instagram sahifasiga shu kunga oid iliq lahzalarni aks ettirgan video va suratlarni joyladi.
Ulashilgan lavhalarda aktrisaning turmush o‘rtog‘i unutilmas sana munosabati bilan Feruzaga atalgan qo‘shiqni ijro etgani, unga nafis gullar va esdalik sovg‘asi taqdim qilgani aks etgan. Video tomoshabinlar orasida iliq taassurot uyg‘otdi.

E’tiborga molik jihatlardan biri — qo‘shiq matnida yaqinda dunyoga kelgan qizalog‘ining ismi Shamsiya ekanligi ochiq aytilganidir. Bu lahza muxlislar va kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olindi, chunki aktrisa hozirgacha farzandining ismini oshkor qilmagan edi.
Feruza Yusupova oilasi bugun kunda o‘zining eng baxtli pallalarini boshdan kechirmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha muxlislari singari biz ham ushbu oilaga tinchlik, totuvlik va doimiy baxt yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.