date

“Yolg‘iz qolarkansan”: Vazira Yunusovaning eng og‘riqli sirlari

“Yolg‘iz qolarkansan”: Vazira Yunusovaning eng og‘riqli sirlari

Aktrisa Vazira Yunusova turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyingi og‘ir kechinmalari haqida birinchi marta ochildi. “Ayol qalbi” dasturiga intervyu bergan san’atkor 30 yillik turmushi, mehri to‘la xotiralari va bugungi yolg‘izligi haqida samimiy gapirdi.

Uning aytishicha, er-xotin bo‘lib bir kunda 5–6 marta qo‘ng‘iroqlashishgan, ishdan olib ketish, hol so‘rash — ularning oddiy odati bo‘lgan. “Har daqiqada eslayman. Meni eng ko‘p erkalatgan inson edi”, — deydi aktrisa ko‘z yoshi bilan.

Yunusova yoshlikda 6 yil davomida uyda o‘tirgan, chunki turmush o‘rtog‘i ishlashga ruxsat bermagan. Keyinchalik qaynonasi orqali sahnaga qaytgan va o‘zining mehnati bilan aktrisalikda o‘z o‘rnini topgan.

Eng og‘ir sinov — turmush o‘rtog‘idan ayrilish bo‘lgan. “Yoshlik o‘tadi, oxirida baribir yolg‘iz qolar ekansiz. Shuni ta’tilda, kech mulohazalarda yanada his qilasiz”, — deydi u.

Yunusova farroshlikdan to taniqli aktrisalikkacha bo‘lgan yo‘lini ham esladi. Uningcha, insonni ertak emas, mehnat katta qiladi. “Ustimdan kulganlar bugun farzandlariga meni ibrat qilib ko‘rsatyapti”, — deydi aktrisa faxr bilan.

Vaynlarda ishtirok etish borasidagi tanqidlarga esa u befarq: “Men aktrisaman. Rol bo‘lsa — o‘ynayman. Qizlarim ham qo‘llab-quvvatlaydi”.

Aktrisa bugungi kunda turmush o‘rtog‘ining xotirasini asrab, yolg‘izlikni yengishga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Yolg‘iz qolarkansan”: Vazira Yunusovaning eng og‘riqli sirlari