date

Charos G‘afurova o‘g‘li Safoning 2 yoshini samimiy tarzda nishonladi

Charos G‘afurova o‘g‘li Safoning 2 yoshini samimiy tarzda nishonladi

Aktrisa Charos G‘afurova o‘g‘li Safoning shukrona kuni munosabati bilan 2 yoshini esdan chiqmas bayramga aylantirdi. U maxsus tayyorlangan bento tortga "2" raqamli sham yoqib, o‘g‘liga uni o‘chirtirib, unga chin dildan tilaklar aytti.

Charos ushbu quvonchli lahzalarni o‘zining Instagram sahifasidagi videoda o‘rtoqlashdi va quyidagi izohni qoldirdi:

"Baxtim, suyukligim, hayotimning quvonchi — 2 yoshing muborak bo‘lsin. 1 yoshingda unchalik yaxshi sharoitim yo‘q edi. Chunki ham ona, ham ota bo‘lish biroz qiyin ekan. Shu bois tug‘ilgan kuningni o‘tkaza olmaganman. Alhamdulillah, hozir hech kimdan kam qilmay, sevib katta qilyapman. Hayotimni butunlay o‘zgartirding, boringga shukr, Safoyim."

Aktrisaning videosi muxlislar tomonidan iliq munosabat bilan kutib olindi va ko‘plab tabriklar yomg‘irdek yog‘ildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Charos G‘afurova o‘g‘li Safoning 2 yoshini samimiy tarzda nishonladi