date

Geralt endi o'sha emas: yangi mavsum tanqid ostida


2025-yil 30-oktabrda Netflix platformasida “The Witcher” (“Sehrgar”) serialining to'rtinchi mavsumi namoyish etildi. Ammo serialning yangi qismi muxlislar va tanqidchilar tomonidan ziddiyatli baholarga loyiq bo'ldi.

Rotten Tomatoes platformasida tanqidchilar bahosi 53 foizni tashkil qilgan bo'lsa, tomoshabinlar bahosi atigi 21 foizni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich serial tarixidagi eng pastlardan biri bo'ldi.

Tomoshabinlarning asosiy noroziligi Henry Cavillning Liam Hemsworth bilan almashtirilishi emas, balki serialning kitob va o'yinlarning asl ruhidan mutlaqo uzoqlashgani bilan bog'liq. Fikr-mulohazalarda bu endi “Sehrgarga o'xshash” bir hikoya ekanligi, ammo asl asarga yaqin bo'lmagan bir moslama bo'lib qolganligi ta'kidlangan.

Muxlislar, ayniqsa, ssenariyning zaifligini tanqid qilishdi. Ciri obrazining hikoya chizig'i “mazmunsiz” deb topilgan, keraksiz personajlar qo'shilgani va muhim qahramonlar o'z vaqtida olib tashlangani aytilmoqda.

Serialning ohangi “bolalarcha” bo'lib qolgani va u endilikda oddiy o'smirlar uchun mo'ljallangan fantastik hikoyaga aylangani haqida shikoyatlar bildirildi. Henry Cavill o'rniga Geralt rolini o'ynagan Liam Hemsworthning ijrosi aralash baholarga ega bo'ldi.

Ba'zi tomoshabinlar uning “harakat qilgani” va “kutilganidan yaxshiroq moslashgani”ni tan olishdi. Ammo ko'pchilikning fikricha, u asl Geralt emas.

Yangi Geralt juda “so'zamol” bo'lib, avvalgi qattiqqo'l va tajribali qahramon taassurotini qoldira olmagan. Hemsworthning ijrosi yaxshi baholangan holatlarda ham, muammo aktyorda emas, balki ssenariy va yaratuvchilarning hikoyani o'ziga moslashtirishga bo'lgan urinishida ekanligi ta'kidlanmoqda.

Tomoshabinlar orasida past baholarning asosiy sababi sifatida serial ijodkorlarining “asl manbaga hurmatsizligi” ko'rsatilmoqda. Ular Andrzej Sapkowskining asarlarini qayta yozishga uringanlari uchun tanqid ostiga olindi.

Shu sababli, to'rtinchi mavsumni ko'pchilik “Sehrgarning parodiyasi”, “Sehrgar Temu versiyasi” yoki “serialning oxirgi nuqtasi” deb atashdi. Ayrimlar Henry Cavillning ketishi bilan serialni yopish kerak edi, degan fikrni bildirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Geralt endi o'sha emas: yangi mavsum tanqid ostida