date

Nargiza Abdullayeva farzandlari haqida ochiq gapird

Nargiza Abdullayeva farzandlari haqida ochiq gapird

Aktrisa Nargiza Abdullayeva NavoTV telekanalida namoyish etiladigan “13 studiya” ko‘rsatuvida ishtirok etib, farzandlari va ularning tarbiyasi haqida samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida undan quyidagi savol berildi:

— “O‘g‘lingizning shunday gapi bor: «O‘g‘il bola erkak bo‘lib tug‘iladi, lekin hamma ham erkaklik mas’uliyatini his qilavermaydi». Bu fikr sizga qay darajada ta’sir qildi va unga qanchalik qo‘shilasiz?”

Aktrisa bu savolga katta ehtiros bilan javob berdi:

— “Bilmadimu, lekin o‘g‘limni kelajakda juda zo‘r yigit bo‘ladi, deb ishonaman. Uyda ham kamgap, lekin bir og‘iz gapirsa, yurakka tegadi. Bu gapni ham ovqat yeb o‘tirgan paytimda aytgan edi. «Oyi, intervyuga borsangiz, mening gapimni ham aytib qo‘yasizmi?» dedi. «Qanday gap?» desam, «Shuni aytib qo‘ying, boshqa narsa shart emas», dedi: «O‘g‘il bola erkak bo‘lib tug‘iladi, lekin hamma ham erkaklik mas’uliyatini his qilmaydi».”

Nargiza Abdullayevaning aytishicha, farzandlari hozir 16 yoshda va hayotning oq-qorasini ajrata olayotgani uni juda quvontiradi:

— “Bolalarim san’atkorning farzandi bo‘lib, yo‘ldan chiqib ketgan bolalar qatorida emasligidan xursandman,” — dedi u.

Aktrisa farzandlarining yana bir qiziq iltimosini ham oshkor qildi:

— “Ikkalasi ham menga doim shunday deydi: «Iltimos, oyi, hech kimga onamiz ekaningizni aytmang». Qayerga borsak ham, «bormang, ko‘rinmay qo‘ya qoling», deyishadi. «Siz bor bo‘lsangiz, odamlar bizga boshqacha munosabatda bo‘ladi, samimiylik yo‘qoladi. Bizni borimizcha qabul qilishsin», deyishadi. Shu paytlarda bolalarim bilan faxrlanaman. Ikkalasi ham aynan shu fikrda.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nargiza Abdullayeva farzandlari haqida ochiq gapird