
Afsonaviy “Setora” guruhi 18–21-dekabr kunlari Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida navbatdagi yirik konsert dasturini taqdim etdi. Bir necha kun davom etgan ushbu musiqiy kecha nafaqat retro taronalar va jonli ijrolar, balki sahnadagi kutilmagan chiqishlar bilan ham tomoshabinlar e’tiborini tortdi.
Konsertning eng ko‘p muhokama qilingan lahzasi guruh a’zosi Layloning sahnada bajargan xavfli tryuki bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu chiqish qizg‘in bahslarga sabab bo‘lar ekan, “Setora” guruhi a’zosi Feruza Latipova vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Laylo bu chiqishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Xonanda muntazam sport bilan shug‘ullanadi, gimnastika bo‘yicha sirk mashg‘ulotlariga qatnab, sahna uchun zarur bo‘lgan jismoniy va texnik tayyorgarlikni oshirgan. Feruza Latipova Layloning chiqishini O‘zbek estrada sahnasida noyob holat sifatida baholadi.

— “O‘zbek estradasida homilador holatda sahnaga chiqqan birinchi xonanda men bo‘lganman. Laylo esa sahnada tryuk bajargan birinchi xonanda bo‘ldi. Bu juda oson ish emas. Buning uchun maxsus libos, jismoniy tayyorgarlik va jasorat kerak”, — deydi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.