date

Ulug‘bek Qodirov va “Setora”: “Xayr maktabim” sahnada yana yangradi

Ulug‘bek Qodirov va “Setora”: “Xayr maktabim” sahnada yana yangradi

“So‘nggi yillarning eng kutilgan konsertlaridan biri” deya baholangan “Setora” guruhi konserti tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Kechaning eng ta’sirli onlaridan biri esa taniqli aktyor va xonanda Ulug‘bek Qodirovning sahnaga chiqishi bo‘ldi.

Ulug‘bek Qodirov “Setora” guruhi konsertida navbatdagi mehmon san’atkor sifatida ishtirok etib, guruh bilan birgalikda afsonaviy “Xayr maktabim” qo‘shig‘ini ijro etdi. Bolalik xotiralarini esga soluvchi ushbu qo‘shiq zalda yig‘ilgan muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi.

Sahnadagi muhit, maxsus tayyorlangan ko‘rinishlar va bezaklar qo‘shiq mazmuni bilan juda uyg‘unlashgani tomoshabinlarga yanada kuchli taassurot qoldirdi. Yorug‘lik effektlari, sahna dizayni va ijro kechaning ta’sirchanligini yanada oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Qodirov va “Setora”: “Xayr maktabim” sahnada yana yangradi