date

Munisa Rizayeva trendga aylanib ulgurgan "Bevafo" klipi bilan muxlislar e'tiborini tortdi!

Munisa Rizayeva trendga aylanib ulgurgan "Bevafo" klipi bilan muxlislar e'tiborini tortdi!

Xonanda Munisa Rizayeva yangi “Bevafo” qo‘shig‘ining rasmiy klip premyerasini muxlislariga taqdim etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon trendga aylangan tarona endilikda YouTube va boshqa platformalarda ham e’lon qilindi.

Munisa Rizayeva ushbu yangilikni o‘z sahifalarida katta hayajon bilan ma’lum qildi. “Va nihoyat, “Bevafo” taronamni barcha platformalarda tinglang”, — deb yozdi xonanda.

Klip qisqa vaqt ichida muxlislar orasida iliq fikrlar va ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Kuzatuvchilar qo‘shiqning ohangi, klip atmosferasi va xonandaning obrazlariga yuqori baho bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar Munisa Rizayevaga omad tilab, yangi tarona ham xit qo‘shiqlar qatoridan joy olishini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva trendga aylanib ulgurgan "Bevafo" klipi bilan muxlislar e'tiborini tortdi!