Ra’no Zokirova qanday qaynona? Dilbar Zokirova ochiq gapirdi

Ra’no Zokirova qanday qaynona? Dilbar Zokirova ochiq gapirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Bloger Dilbar Zokirova “Oshxona talk” ko‘rsatuvida qaynona Ra’no Zokirova haqidagi samimiy va ijobiy fikrlarini o‘rtoqlashdi.
  • U qaynonasini “qaynonam” deb atash o‘ziga yot tuyulishini va har doim “oyijonimlar” deb to‘g‘rilashini ta’kidladi.
  • Shuningdek, bloger qaynonasi ularni doimo har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va hech qachon malomat qilmasligini qo‘shimcha qildi.
  • Ko‘rsatuv boshlovchisi ham Ra’no Zokirova juda pokiza va ozoda inson ekanligini alohida ta’kidladi.

Bloger Dilbar Zokirova “Oshxona talk” ko‘rsatuvida o‘z qaynonasi haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Suhbat davomida boshlovchi undan: “Ra’no opa hayotda qanday qaynona?” deb so‘radi.

Bloger bu savolga iliq va e’tiborli javob berdi:

— To‘g‘risini aytsam, ularni “qaynonam” deb atash o‘zimga biroz yot tuyuladi. Go‘yoki shu so‘z bilan o‘zimdan uzoqlashtirgandek bo‘laman. Shuning uchun kimdir “qaynonangiz” desa, men darhol “oyijonimlarmi” deb to‘g‘rilayman, — dedi u.

Dilbar Zokirovaning aytishicha, qaynonasi ularni har doim qo‘llab-quvvatlab keladi:

— Oyijonim bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydilar. Hatto uy yig‘ishtiradigan ayol bilan ham o‘zlari tanishtirib qo‘ygandilar. Bugun o'sha ayolga qo‘ng‘iroq qilib, “Qachon kela olasiz?” deb so‘raganimda, u “Qaynonangiz bilan gaplashdim, juma kuni boraman”, dedi. Rostini aytsam, bundan bexabar edim. Eng quvonarlisi — oyijonim hech qachon meni malomat qilmaydilar, — deya qo‘shimcha qildi bloger.

Ko‘rsatuv boshlovchisi ham Ra’no Zokirova haqida iliq fikr bildirdi:

— Bir narsani alohida ta’kidlamoqchiman, Ra’no opa juda pokiza va ozoda inson. Ko‘pchilik uyiga mehmon kelishidan oldin tartibga keltiradi, lekin ularda har doim uy ozoda, — dedi u.

Suhbat yakunida Dilbar Zokirova ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi:

— Bilmayman, oyijonim darajasiga yetishim uchun menga yana necha yil kerak bo‘ladi. Lekin men ham albatta shunday inson bo‘lishga harakat qilaman, — dedi u.

Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olinib, ko‘pchilik tomonidan samimiylik va hurmat namunasi sifatida baholanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar