Zarina Yo‘ldoshevaning idealidagi inson qanday?

Zarina Yo‘ldoshevaning idealidagi inson qanday?
Qisqacha

Aktrisa Zarina Yo'ldosheva "Navo mehmonda" loyihasida shaxsiy hayoti, o'z xarakteri hamda idealidagi inson haqida samimiy fikrlar bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, o'zgaruvchan xarakteriga tez moslashadigan, og'ir-bosiq, har tomonlama tushunadigan, g'azablanganda tinchlantirib, xursand bo'lganda birga quvonadigan insonni u allaqachon uchratgan. Shuningdek, u hazil aralash bunday inson yo'qligini va ehtimol shuning uchun ham turmushga chiqmayotganini qo'shimcha qildi.

Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” loyihasida shaxsiy hayoti, idealidagi inson va o‘z xarakteri haqida samimiy fikrlar bildirdi.

Aktrisaning aytishicha, u o‘z idealidagi insonni allaqachon uchratgan:

“Mening idealimdagi inson aslida bor va men uni uchratganman”, — dedi u.

U idealidagi inson qanday bo‘lishi kerakligini ham batafsil tushuntirdi:

“Men shunaqa insonni xohlaymanki, u mening o‘zgaruvchan xarakterimga tez moslasha oladigan, og‘ir-bosiq, meni har tomonlama tushunadigan bo‘lsin. Jahlim chiqqanda tinchlantira oladigan, xursand bo‘lsam esa men bilan birga quvona oladigan inson bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidladi aktrisa.

Shu bilan birga, u hazil aralash yana bir fikrni ham qo‘shib qo‘ydi:

“Bunaqa inson yo‘q, menimcha. Balki shuning uchun ham turmushga chiqmayotgandirman”, — dedi u kulgi bilan.

Suhbat davomida Zarina Yo‘ldosheva o‘z xarakteri haqida ham ochiq gapirdi. Uning aytishicha, u juda sho‘x va hissiyotlarga boy inson:

“Men juda sho‘x qizman. Tez jahlim chiqadi, tez kulib yuboraman. Ba’zan o‘zim ham xarakterimni tushunmay qolaman — juda o‘zgaruvchan”, — dedi u.

Aktrisaning bu samimiy va ochiq fikrlari muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar