date

Diyora Keldiyorova haqidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi

Diyora Keldiyorova haqidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 11 may kuni Muqimiy teatri sahnasida taniqli sportchi Diyora Keldiyorova hayotiga bag‘ishlangan “Tongni kulib qarshi ol” nomli spektakl premyerasi namoyish etildi.

Mazkur sahna asari sportchining yutuqlari, hayot yo‘li va ruhiy kurashlarini badiiy ifoda etgan bo‘lib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Premyera haqida Diyora Keldiyorova o‘zining Instagram sahifasida ham fikr bildirdi.

Uning yozishicha, spektakl juda ta’sirli va ilhomlantiruvchi tarzda sahnalashtirilgan bo‘lib, ijodkorlar mehnati uni hayratga solgan:

“Kecha Muqimiy nomidagi teatrda men haqimdagi ‘Tongni kulib qarshi ol’ spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Asar juda ajoyib, ta’sirli va ilhomlantiruvchi tarzda sahnalashtirilganidan juda mamnun bo‘ldim. Bu loyihada ishtirok etgan barcha ijodkorlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman”, — deya yozdi sportchi.

Shuningdek, u barcha muxlislarni teatrga taklif qilib, spektaklni birgalikda tomosha qilishga chaqirdi:

“Azizlar, barchangizni Muqimiy teatriga taklif qilaman. Kelib, ushbu unutilmas spektaklni birga his qilaylik”, — dedi u.

Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, sport va san’at uyg‘unligi yana bir bor e’tibor markaziga chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Diyora Keldiyorova haqidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi