Kann festivalida Aliya Bxatt e’tiborsiz qoldirildimi?

Kann festivalida Aliya Bxatt e’tiborsiz qoldirildimi?
Qisqacha

Fransiyaning Kann shahrida 12 may kuni boshlangan 79-Kann kinofestivalida hindistonlik aktrisa Aliya Bxatt ham qizil gilamda ko'rinish berdi. L’Oréal Paris brendining global elchisi sifatida qatnashgan aktrisaning xalqaro fotograflar tomonidan yetarlicha e'tiborsiz qoldirilgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi.

12 may kuni Fransiyaning Kann shahrida 79-“Kann” kinofestivali start oldi. 23 mayga qadar davom etadigan bu festivalga dunyo yulduzlari tashrif buyurmoqda.

Shuningdek, hindistonlik aktrisa Aliya Bxatt ham qizil gilamda ko‘rinish berdi. Ammo qizil gilamchada xalqaro fotograflar tomonidan yetarlicha e’tibor berilmagani va e’tiborsiz qoldirilgani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Tarqalgan videolarda aktrisa L’Oréal Paris brendining global elchisi sifatida qizil gilamchada suratga tushish uchun chiroyli libosda pozalar berayotgani, biroq xalqaro fotograflar o‘z kameralarini boshqa tomonga qaratgani yoki unga qiziqish bildirmayotgani aks etgan.

Internet foydalanuvchilari aktrisa hali yetarlicha taniqli emasligini aytsa, ba’zilari esa bu tartibsizlikdan deya fikr bildirmoqda.

Kann festivalida Aliya Bxatt e’tiborsiz qoldirildimi?

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar