“Opani odamiman” deb nomidan foydalanib yurganlarni Yulduz Usmonova keskin tanqid qildi

Xonanda Yulduz Usmonova intervyularidan birida uning nomidan foydalanayotgan ayrim insonlardan norozi ekanini aytdi. San’atkor bu kabi holatlar unga yoqmasligini ochiq bildirib o‘tdi.
Xonandaning ta’kidlashicha, ayrimlar “opani odamiman” deb turli joylarda o‘zini yuqori tutishi, boshqalarga bosim qilishi yoki mansabdorlar oldida uning nomidan foydalanishi kuzatilgan.
“Nechtasini ko‘rdim oldimda ishlab yurganlarni. Hokimiyat eshigini teparkan, keyin menga yetib keladi. “Opani odamiman” deb kimlarnidir oyoqosti qilarkan”, — dedi Yulduz Usmonova.
San’atkor bunday holatlarni suiste’mol deb baholashini va shu sabab ayrim odamlarni ishidan bo‘shatganini ham aytib o‘tdi. Uning fikricha, insonlar kimningnidir nomidan foydalanishdan oldin uning o‘zidan yoki yaqin jamoasidan surishtirib ko‘rishi kerak.
Yulduz Usmonova hech kimdan biror narsani qizg‘anmasligini, biroq uning nomidan foydalanib shaxsiy manfaat orttirishga qarshi ekanini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!