date

Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa suratidan ruxsatsiz foydalangani uchun Samsung‘ni sudga berdi

Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa suratidan ruxsatsiz foydalangani uchun Samsung‘ni sudga berdi


Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa Samsung kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qildi. The Guardian nashrining xabar berishicha, san’atkor kompaniyadan kamida 15 million dollar talab qilmoqda.

Xonandaning ta’kidlashicha, Samsung uning suratidan ruxsatsiz tarzda televizorlar reklamasida foydalangan. Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yilda AQSHda sotilgan ayrim televizorlar qutisida Dua Lipa tasviri joylashtirilgan.

Da’vo arizasida qayd etilishicha, mazkur surat 2024-yilda Austin City Limits festivali ortida olingan bo‘lib, unga bo‘lgan huquq qo‘shiqchining o‘ziga tegishli hisoblanadi. Dua Lipa esa hech qachon Samsung reklamasida qatnashishga rozilik bermaganini bildirgan.

Xonanda kompaniyani mualliflik huquqini buzish, uning obrazidan noqonuniy foydalanish va brend bilan hamkorlik qilayotgandek noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishda ayblamoqda. Shuningdek, Samsung mashhur san’atkorning ommabopligi orqali tijoriy foyda ko‘rishga uringani ham aytilgan.

Dua Lipaning advokatlari qo‘shiqchi reklama hamkorliklariga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishini ta’kidlagan. Uning faqat Apple, Porsche, Versace, Bvlgari va Nespresso kabi yirik brendlar bilan hamkorlik qilib kelayotgani ma’lum qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa suratidan ruxsatsiz foydalangani uchun Samsung‘ni sudga berdi