Yulduz Usmonova xonadonida Hayitga tayyorgarlik qizg‘in kechmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artistkasi Yulduz Usmonova ishtirokidagi yangi videolar keng tarqaldi. Ularda xonanda Qurbon hayiti munosabati bilan o‘z xonadonida bayramga tayyorgarlik ko‘rayotgani aks etgan.
Kadrlarda Yulduz Usmonovaning oshxonada turli xil taomlar tayyorlayotgani, ayniqsa milliy shirinlik va pishiriqlar ustida ishlayotgani ko‘riladi. Uning bu jarayondagi samimiy kayfiyati va oddiylikka xos harakatlari muxlislarda iliq taassurot qoldirmoqda.

Videolar tez orada internetda ommalashib, foydalanuvchilar tomonidan faol muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik xonandaning nafaqat sahnada, balki uy sharoitida ham mohir va epchil ekanini ta’kidlab, uning oshpazlik mahoratini yuqori baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing