date

“Asal Shodiyevaning yuziga kislota sepmoqchi bo‘lishgan” degan gaplar rostmi?

“Asal Shodiyevaning yuziga kislota sepmoqchi bo‘lishgan” degan gaplar rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Asal Shodiyeva bilan bog‘liq eski voqea yana muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Nima Gap” ko‘rsatuvida bloger Lill Hurramov tomonidan aytilgan fikrlar internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, voqea o‘zbek filmlaridan birining premyerasi vaqtida sodir bo‘lgan. Uning aytishicha, tadbir davomida Asal Shodiyevaga noma’lum shaxs tomonidan uksus yoki kislota sepilgan.

Lili Hurramov intervyuda aktyorlar premyera paytida bir qator bo‘lib sahnaga chiqayotganini aytib, aynan shu jarayonda hodisa yuz berganini ta’kidlagan. Uning fikricha, aktrisaning qo‘li bilan yuzini yopib olgani og‘ir oqibatlarning oldini olgan bo‘lishi mumkin.

“Yaxshiyam ko‘zlarini yopib olgan, bo‘lmasa juda og‘ir jarohat olishi mumkin edi”, — deya aytgan blogerning gaplari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Hozircha mazkur voqea yuzasidan Asal Shodiyevaning o‘zi tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Asal Shodiyevaning yuziga kislota sepmoqchi bo‘lishgan” degan gaplar rostmi?