Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi doirasida eksport hajmi 23 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,3 foizga ko‘pdir.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlat quyidagicha qayd etildi:
— Rossiya – 2,9 milliard dollar;
— Xitoy – 1,2 milliard dollar;
— Qozog‘iston – 910,8 million dollar;
— Afg‘oniston – 881,6 million dollar;
— Turkiya – 736,4 million dollar;
— Fransiya – 618,6 million dollar;
— BAA – 493,6 million dollar;
— Qirg‘iziston – 371,3 million dollar;
— Tojikiston – 338 million dollar;
— Pokiston – 267,9 million dollar.
Shu tariqa, Rossiya va Xitoy O‘zbekiston mahsulotlari uchun eng yirik bozor sifatida qolmoqda. Qo‘shni davlatlar — Qozog‘iston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham mamlakat tashqi savdosida salmoqli ulushga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!