date

Chevrolet Cobalt 2025 yangi motor va silliqroq uzatmalar qutisi oldi

Chevrolet Cobalt 2025 yangi motor va silliqroq uzatmalar qutisi oldi

Chevrolet Cobalt 2025 yangi texnik yangilanishlarga ega bo‘ldi, deb Kursiv.media xabar berdi. UzAuto Motors ma’lumotlariga ko‘ra, benzinli B-DOHC (B15D2) dvigatel endi DVCP (Dual Variable Cam Phasing) tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u gaz taqsimotini har ikki valda boshqaradi. Dvigatelga yangi boshqaruv bloki ham o‘rnatilgan.

Avtomat uzatmalar qutisi qayta sozlandi — ilgari haydovchilar e’tiroz bildirgan 2-dan 3-uzatmaga sekin o‘tish muammosi bartaraf etilgan.

DVCP texnologiyasi past aylanishda kuchliroq tortish, o‘rtacha va yuqori aylanishda esa silliq tezlanishni ta’minlaydi. Gazga javob ancha tezlashgan, shahar harakatida «silkinish» sezilarli darajada kamaygan.

Ishlab chiqaruvchi 0W20 (Dexos1) moy ishlatishni tavsiya qiladi. Issiq ob-havo va aralash yurish uchun 5W30 (Dexos1) ham mos. Moy sifati DVCP tizimining ishlashi va xizmat muddatiga bevosita ta’sir qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet Cobalt 2025 yangi motor va silliqroq uzatmalar qutisi oldi