date

Abduqodir Husanov “Arsenal”ga qarshi bahsda qanday baho oldi?

Abduqodir Husanov “Arsenal”ga qarshi bahsda qanday baho oldi?

Angliya Premer-ligasi 5-turining markaziy to‘qnashuvi “Arsenal” va “Manchester Siti” o‘rtasida kechdi. Londonning “Emireyts” arenasida o‘tgan kurash katta qiziqish bilan kuzatildi va jangovar ruhdagi bahs 1:1 hisobida yakun topdi.

Uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Yosh himoyachi 45 daqiqa davomida to‘p tepdi va o‘z harakatlari bilan jamoasi himoyasida faol ishtirok etdi. Uning o‘yinini bir qancha mashhur statistik portallar kuzatib bordi va turlicha baholar berdi.

Xususan, “Fotmob” himoyachining harakatlarini 6.4 ball bilan baholadi. “Sofascore” esa Husanovga 6.8 ball qo‘ygan bo‘lsa, yana bir nufuzli sayt — “Flashscore” uning o‘yiniga 6.7 ball berdi. Bu esa hamyurtimiz chiqishlari turli manbalarda turlicha qabul qilinganini ko‘rsatadi.

Husanov uchun bu “Manchester Siti” safidagi navbatdagi sinov bo‘ldi. U ilk bor shunday yirik maydonda va yuqori bosim ostida to‘p tepib, muxlislar va mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Birinchi taym yakunida Gvardiola unga dam berishni ma’qul ko‘rdi va o‘rniga boshqa o‘yinchi maydonga qadam qo‘ydi.

Shu bilan birga, yosh himoyachining katta o‘yinlarda to‘p surishi va turli portallar tomonidan baholanishi uning katta futboldagi qadamlarini yanada mustahkamlayotganini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov “Arsenal”ga qarshi bahsda qanday baho oldi?