Yuk mashinasi belgiga amal qilmay ko‘prikka to‘qnashdi

Yuk mashinasi belgiga amal qilmay ko‘prikka to‘qnashdi
Qisqacha

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 26 sentyabr kuni soat 19:00 larda yuk mashinasi taqiqlovchi belgiga amal qilmay, ko'prikning piyodalar qismidagi beton to'siqqa urildi. Hodisa oqibatida piyodalar uchun ajratilgan qism shikastlangan, biroq yo'l harakati ishtirokchilari va avtomobillar harakatlanadigan ko'prik qismiga zarar yetmagan. YHXX xodimlari vaziyatni bartaraf etib, yo'l harakatini to'liq tiklagan, shikastlangan joyni ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Yuk mashinasi belgiga amal qilmay ko‘prikka to‘qnashdi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida yuk mashinasi ko‘prikka borib urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 sentyabr kuni soat 19:00 larda haydovchi taqiqlovchi belgini e’tiborsiz qoldirib, gabarit o‘lchami mos kelmagan transport vositasida ko‘prikning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismiga o‘rnatilgan beton to‘siqqa to‘qnashgan.

Hodisadan so‘ng YHXX xodimlari voqea joyiga yetib borib, vaziyatni bartaraf etdi. Yo‘l harakati ishtirokchilariga va avtomobillar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan ko‘prik qismiga ziyon yetmagan. Biroq piyodalar uchun ajratilgan qismi shikastlangan.

Hozirda shikastlangan joyni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda va yo‘l harakati to‘liq tiklangan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar