date

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi vaqtincha yopildi

Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi vaqtincha yopildi
Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli harakat vaqtincha cheklandi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 26 sentyabr soat 17:00 dan 29 sentyabr soat 07:00 gacha Janubiy vokzal — Sergeli (“O‘zgarish” ko‘prigi) yo‘nalishida avtomashinalar harakati to‘xtatildi.

Shu munosabat bilan poytaxt transport boshqarmasi ushbu hududdan o‘tuvchi avtobus yo‘nalishlariga o‘zgarishlar kiritilganini bildirdi. Jumladan, 32 va 59-sonli avtobuslar — G‘avhar, Do‘mbirabod, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi. 8, 38, 40, 48, 57, 58, 59, 62, 75, 84, 105, 126 va 131-sonli avtobuslar esa Yangi Sergeli yo‘li, THAY, Fayzli Toshkent hamda Kichik halqa yo‘li orqali yo‘naltiriladi.

Ta’mir ishlari davomida yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda. Shuningdek, avtobus qatnovi oraliqlari uzayishi ehtimoli bor. Yo‘lovchilardan safarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, Rustaveli ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yaqinda rekonstruksiyadan so‘ng texnik tarzda ochilgan edi. Hozirda ayrim ishlarning davom etayotgani sababli aholi ehtiyotkorlikka chaqirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi vaqtincha yopildi